Gabriel Garsia Markes

Gabriel Garsia Markes (1928, Arakataka - 2014, Mexiko) — kolumbiyalik yozuvchi. «El Espektador» gazetasining Bogota va Yevropadagi reportyori. 1959—60 yillarda Kuba «Prensa Latina» agentligining muxbiri. Dastlab stsenariylar yozgan. «To‘kilgan yaproqlar» (1955), «Polkovnikka hech kim yozmaydi» (1958), «G‘arazli soat» (1962) povestlari realistik ruhda yozilgan, «Grande-Ona dafn marosimi» (1962) to‘plamiga kirgan hikoyalari fantastikaga boy. «Yuz yil tanholikda» (1967—70) roman epopeyasi Kolumbiya tarixiga bag‘ishlangan. «Vabo va muhabbat» (1985)  romanida folklor va mifologiyadan foydalanib, o‘ziga xos milliy ongni tiklashga harakat qilgan. Gabriel  Markesning «Yuz yil tanholikda» (1986)   romani   o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1982).