Frensis Skott Fitsjerald

Frensis Skott Fitsjerald — o‘zining hikoya va romanlari bilan mashhur bo‘lgan amerikalik yozuvchi.

Fitsjerald Minnesota shtati Sent-Pol shahrida 1896 yil 24 sentyabr kuni tavallud topgan.

1920 yilda yosh adibning ilk romani bosmadan chiqdi. Shundan so‘ng u ijod namunalari bilan matbuot sahifalarida uzluksiz ravishda qatnashib turdi. Buning natijasi o‘laroq, u tengqur ijodkorlar orasida alohida ko‘zga tashlana boshladi.

Uning qalamiga mansub mashhur “Buyuk Getsbi” asari 1925 yilda nashrdan chiqdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, bu kitob omma orasida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. “Buyuk Getsbi” asari o‘z davrida Amerika adabiyotida katta yangilik bo‘ldi.