Ziyovuddin Rahim

Ziyovuddin Rahim Zayniddin o‘g‘li 1982-yilning 5-oktyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanining Eshonguzar qo‘rg‘onida tug‘ilgan.

1989-1997-yillarda Nodira nomli 15-o‘rta maktabda o‘qigan.

1997-2000-yillar mobaynida Alisher Navoiy nomli litseyda tahsil olgan.

2000-yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik Institutining “Arab filologiyasi” fakultetiga o‘qishga kirgan.

2004-yilda to‘rt yillik bakalavr bosqichini tamomlab, 2004-2006-yillarda ToshDShIning magistratura bosqichi “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakultetida tahsil olgan.

Ustozlari:

1. Shariat ilmlari (jumladan, aqida, tafsir, fiqh) bo‘yicha ustozi – shayx Alouddin Mansur.

2. Qiroat va tajvid ilmi bo‘yicha ustozi – Ibrohim qori Nurmuhammad.

3. Arab tilini Ismoil Oxunov va Muzaffar Xo‘jayevdan o‘rgangan.

4. Tahrir va insho bo‘yicha ustozlari – Abdug‘afur Iskandar, Bobomurod Erali.

Ziyovuddin Rahimning bir nechta kitobi nashrdan chiqqan. Jumladan, “Qur’on – qalblar shifosi”, “Baxtli hayot sari”, “Bola – odobi bilan aziz”, “Payg‘ambarlar tarixi” (tarjima, kitob muallifi: Muhammad Sayyid Tantoviy), “Istig‘forning 40 xosiyati”, “Salavotlar”, “Arab alifbosi”, “Ism qo‘yish odoblari”, “Tajvid qoidalari”, “Tahorat kitobi”, “Keng rizq va baraka omillari”, “Ajdodlar shajarasi”.