Aleksandr Belyayev

Aleksandr Romanovich Belyayev (4 (16) mart 1884, Smolensk — 6 yanvar 1942, Pushkin) — rus fantast-yozuvchisi, rus fantastik adabiyotining asoschilaridan biri. «Professor Douelning boshi», «Odam-amfibiya», «Ariel», «KES yulduzi» (KES — Konstantin Eduardovich Siolkovskiy) va boshqa (jami 70 ta ilmiy-fantastik asar, jumladan 13 roman) asarlari mashhur. Uni «Rus Jyul Verni» deb ham atashadi.

Roman va qissalari: «Professor Douelning boshi» (1925), «Atlantidaning so‘nggi odami» (1926), «Dunyo hukmdori» (1926), «Halok bo‘lgan kemalar oroli» (1926), «Odam-amfibiya» (1928), «Efirdagi jang» (1928), «Mangu non» (1928), «Oltin tog‘» (1929), «Havo sotuvchisi» (1929), «Yuzini yo‘qotgan odam» (1929), «Suv osti dehqonlari» (1930), «Yer yonmoqda» (1931), «Havo kemasi» (1934), «Mo‘‘jizaviy ko‘z» (1935), «KES yulduzi» (1936), «Osmondan kelgan mehmon» (1937—1938), «Dublve laboratoriyasi» (1938), «Arktika osmoni ostida» (1938), «Yalmog‘iz qulfi» (1939), «Ariel» (1941).