Deyl Karnegi

Deyl Brekenrij Karnegi (1888 – 1955) – amerikalik pedagog, yozuvchi. O‘sha davr ruhshunoslarining ilmiy ishlanmalarini tarjima qilib, amaliy tatbiq etish bilan bir qatorda, muloqotga kirishish nazariyasini yaratishga asos solgan. U janjallashmay va yaxshi muomala qilishning o‘z yo‘riqnomasini ishlab chiqqan. U samarali muloqot, nutqlar qilish malakalarini mustaqil tarzda takomillashtirish bo‘yicha psixologik qo‘llanmalarni ishlab chiqdi. Deyl Karnegining asosiy tamoyili – yomon odam bo‘lmaydi, degan aqidaga tayanadi. Mavjud noxush holatlar bilan kurashish, qimmatli hayotni mayda-chuyda gaplar bilan arzon bahoga “sotmaslik” g‘oyasi muallif hayotida yo‘lchi yulduz bo‘lib qoldi. D.Karnegining shu ruhdagi bir qator asarlari dunyo jamoatchiligi tomonidan hamon sevib o‘qilmoqda.