Servisdan foydalanish

Saytdagi ma’lumotlardan foydalanish, kitoblarni saqlab olish uchun avvalo ro‘yxatdan o‘ting. Emailingizga ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlaydigan maktub kelgandan so‘ng, xatda kelgan havola orqali registratsiyani nihoyasiga yetkazing. Shuningdek, mobil telefoningiz orqali ham ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Login va parolingiz bilan saytga kirib, kitoblar sahifasidan o‘zingizni qiziqtirgan kitoblarni sotib olishingiz yoki ba’zi kitoblarni bepul yuklab olishingiz mumkin. Sotib olish uchun balansingizni to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi. Hozirda Click va Mbank tizimlari orqali balansni to‘ldirish mumkin.

Saytimizning Kutubxona bo‘limida elektron kitoblar jamlangan. Bu yerdagi kitoblar majmualar bo‘yicha saralangan. Alohida kitob sahifalarida annotatsiya, muallif, nashriyot ma’lumotlari berilgan.

Mualliflar bo‘limida kitoblarning mualliflari haqida ma'lumotlar o‘rin olgan. Har bir muallif sahifasida uning tarjimai holi va saytda mavjud kitoblari ro‘yxati o‘rin olgan.

Asosiy menyuda kitoblar janr va mavzu bo‘yicha saralangan.