Kitobim dasturini o‘rnatish va undan foydalanish

O‘zbek tilida ilk marta kitob mutolaa qilishga mo‘ljallangan dasturni taqdim etamiz.

Dastur kitobim.uz loyihasi tarkibiga kirib, uning umumiy maqsadi o‘zbek tilida zamonaviy qurilmalar uchun elektron kitoblarni jamlash va kitobxonlarga qulay o‘qish imkoniyatini yaratishdir. Shuningdek, mualliflarga o‘z ijod namunalarini qonuniy asosda elektron tarzda taqdim etish evaziga ma’lum darajada moddiy manfaat olishlariga ko‘maklashish, kitobxonlarga sifatli, qulay va zamonaviy elektron kitoblarni arzon bahoda sotib olishlari uchun yordam berish ham bizning maslagimizdir.

Dasturni qanday o'rnatish, foydalanish haqida boshqichma-bosqich tushuntiramiz. Avvalo, telefon qurilmasidan Play Marketga kirib, Kitobimni qidiramiz:


Install (o‘rnatish) tugmasini bosib, dasturni telefonimizga tushirib olamiz. Dastur 8 Mb dan ziyodroq. O'rnatilgan dasturni ochamiz:


Kitoblarni ko‘rish, sotib olish va mutolaa qilish uchun avvalo saytdan ro‘yxatdan o‘tishimiz kerak bo‘ladi. Agar avval a’zo bo‘lgan bo‘lsangiz, o‘sha hisob bilan ham kirish mumkin. Yangidan a’zo bo'lish uchun Ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosing:


Ro‘yxatdan o‘tish telefon yoki email orqali amalga oshiriladi.

Ism-familiyangiz - o‘z ismingiz yoki sizga yoqadigan ism tanlang. Bu ism bilan siz saytda izoh qoldirishingiz mumkin.

Email yoki telefon - ishlab turgan e-mail manzilingiz yoki telefon raqamingizni kiriting. Telefon xalqaro formatda kiritiladi: +998901234567. Keyinchalik shu e-mail yoki telefon orqali saytga va appga kiriladi.

Parol - Parolni yozing. Bu emailingizning paroli emas, boshqa kalit so'z yozsangiz ham bo'ladi. Shu parol bilan siz sayt va appda faol bo‘la olasiz.

Yuborish tugmasini bosganingizdan so'ng, elektron pochtangizga yoki telefoningizga tasdiq maktubi yuboriladi.

A’zolikni tasdiqlab, email/telefon va parol bilan mobil dasturga kiring.

Endi siz haqiqiy a’zo sifatida kutubxona xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Dasturimizning Kutubxona menyusida saytimizdagi elektron kitoblar jamlangan. So'nggi kiritilgan kitoblar doimo boshida ko'rinib turadi:


Ruknlar bo’limida kitoblar mazmuniga ko’ra saralangan:


Majmualar bo‘limida kitoblar majmualarga ko‘ra saralangan. Kerakli majmuaga kirib, o‘sha mavzudagi kitobni tanlashingiz mumkin:


Mualliflar bo‘limida kitoblar mualliflariga ko‘ra saralangan. O‘zingizga kerakli mualliflarning kitoblarini topishingiz mumkin:


Yuqoridagi menyulardan kerakli kitoblarni toping va sotib olish va o‘qish uchun o‘sha sahifaga kiring:


Pulli kitoblarni sotib olish uchun balansingizda mablag‘ bo‘lishi lozim. Kitob narhi yozilgan tugmani bosish bilan sotib olish mumkin:


Hozircha Click, Mbank tizimlari orqali hisobni to‘ldirish imkoni mavjud:


Click tizimi orqali mablag‘ tushirish yo‘riqnomasi:


Mbank tizimi orqali mablag‘ tushirish. Hammasi shu oynaning o‘zida bajariladi:


Elektron kitobni sotib olib, yuklab olinganda so‘ng O‘qish tugmasini bosish orqali kitobni mutolaa qilishingiz mumkin.


O'ng tomonga ohista chertish bilan keyingi sahifaga o'tasiz. Mutolaa qismi menyusidan kitobning mundarijasini ko'rishingiz mumkin:


Elektron kitob o‘qish qurilmamizda kitoblarni qulay o‘qish uchun quyidagi afzalliklar joriy qilingan:

- Kunduzgi va tungi o‘qish funksiyasi mavjud.
- Kitob shriftini o‘zgartirish mumkin.
- Shrift o‘lchamini moslab olish mumkin.
- Matnni katta va kichiklashtirish mumkin.
- Navigatsiya orqali kitobning kerakli joyini topish mumkin.
- Mundarija orqali kitobning tegishli bo‘limlariga o‘tish mumkin.


Siz yuklab olgan kitoblar dasturning Kitoblarim menyusidan o‘rin oladi. Ushbu kitoblarni oflayn rejimda ham o‘qish mumkin:

Shu tarzda sevimli kitoblaringizni o‘z telefon yoki planshetingizda o'qishingiz mumkin. Dastur haqidagi fikr-mulohaza, takliflaringizni info@kitobim.com'ga yuboring. Sizning takliflaringiz asosida dastur yangilanuvi amalga oshiriladi.

Sizga maroqli mutolaa tilaymiz!